Web of Science

Web of Science (WoS; oldingi nomi „Web of Knowledge“) — pullik kirish asosida faoliyat yurituvchi platforma. U asosan internet orqali turli akademik jurnallar, konferensiya materiallari hamda boshqa hujjatlarning iqtiboslari va havolalari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan koʻplab maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
1997-yilgacha platforma dastlab Ilmiy axborot instituti tomonidan ishlab chiqilgan va yuritilgan[1]. Hozirgi kunda esa u „Clarivate“ kompaniyasiga tegishli[2].
Hozirgi vaqtda „Web of Science“ platformasining asosiy toʻplamida 79 millionta, umumiy platformaning oʻzida esa 171 millionta qayd mavjud[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqtiboslar indeksi ilm-fandagi iqtiboslarning oʻxshash tadqiqot ishlari oʻrtasida oʻzaro bogʻlovchi zanjir boʻlib xizmat qilishi hamda mos keladigan yoki turdosh ilmiy adabiyotlarga (masalan, jurnallardagi maqolalar, konferensiya materiallari, tezislar va hokazolarga) olib borish faktiga asoslanadi. Bundan tashqari, muayyan bir sohada yoki bir nechta fanda eng katta salmoq koʻrsatgan adabiyotlarni aynan iqtiboslar indeksi orqali aniqlash mumkin. Masalan, bitta ilmiy maqolaning taʼsir doirasini unga iqtibos keltirgan barcha keyingi ilmiy ishlarni oʻzaro bogʻlash orqali aniqlash imkoniyati mavjud. Shu tariqa, tadqiqotlarning zamonaviy tendensiyalari, qonuniyatlari hamda yangi shakllanayotgan sohalari baholanadi. „Science Citation Index“ tizimini (keyinchalik „Web of Science“ platformasining yaratilishiga zamin boʻlgan) yoʻlga qoʻygan hamda „akademik adabiyotlarni iqtiboslar boʻyicha indekslashning otasi“ hisoblangan Eugene Garfield shunday yozgan edi[4][5]:
„Iqtiboslar — bu muayyan umumiyliklarga ega boʻlgan ilmiy maqolalar oʻrtasidagi rasmiy va yaqqol koʻrinib turgan bogʻliqliklardir. Iqtiboslar indeksi aynan ana shu bogʻlovchi zanjirlar asosida quriladi. U iqtibos keltirilgan nashrlarni roʻyxatga oladi va ushbu iqtiboslarning manbalarini aniqlaydi. Ilmiy adabiyotlar qidiruvini olib borayotgan har qanday kishi biron bir mavzu boʻyicha atigi bitta iqtibos keltirilgan maqolani bilish orqali shu sohaga oid yana bir nechta yoki oʻnlab qoʻshimcha ishlarni topishi mumkin. Topilgan har bir yangi maqola esa qidiruvni davom ettirish uchun yangi iqtiboslar roʻyxatini taqdim etadi. Iqtiboslarni indekslash tizimining soddaligi uning eng asosiy ustunliklaridan biridir“[6].
Iqtiboslar maʼlumotlar bazalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Web of Science Core Collection oltita onlayn indekslash maʼlumotlar bazasidan iborat[7][8].
- Science Citation Index Expanded (SCIE; oldingi nomi — „Science Citation Index“) — 178 ta ilm-fan sohasi boʻyicha 9 200 dan ortiq jurnalni qamrab oladi. Manbalar qamrovi 1900-yildan hozirgi vaqtgacha boʻlgan davrni tashkil etadi va 53 milliondan ortiq qaydga ega[9].
- Social Sciences Citation Index (SSCI) — ijtimoiy fanlar boʻyicha 3 400 dan ortiq jurnalni qamrab oladi. Manbalar qamrovi 1900-yildan hozirgi vaqtgacha boʻlgan davrni tashkil etadi va 9,3 milliondan ortiq qaydga ega[10].
- Arts & Humanities Citation Index (AHCI) — sanʼat va gumanitar fanlar sohasidagi 1 800 dan ortiq jurnalni qamrab oladi. Manbalar qamrovi 1975-yildan hozirgi vaqtgacha boʻlgan davrni tashkil etadi va 4,9 milliondan ortiq qaydga ega[11].
- Emerging Sources Citation Index (ESCI) — barcha fan sohalari boʻyicha 7 800 dan ortiq jurnalni qamrab oladi. Manbalar qamrovi 2005-yildan hozirgi vaqtgacha boʻlgan davrni tashkil etadi va 3 milliondan ortiq qaydga ega[12].
- Book Citation Index (BCI) — tahririyat tomonidan saralab olingan 116 000 dan ortiq kitobni qamrab oladi. Manbalar qamrovi 2005-yildan hozirgi vaqtgacha boʻlgan davrni tashkil etadi va 53,2 milliondan ortiq qaydga ega[13].
- Conference Proceedings Citation Index (CPCI) — 205 000 dan ortiq ilmiy konferensiya materiallarini qamrab oladi. Manbalar qamrovi 1990-yildan hozirgi vaqtgacha boʻlgan davrni tashkil etadi va 70,1 milliondan ortiq qaydga ega[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The History of ISI and the work of Eugene Garfield“. Clarivate. Qaraldi: 2023-yil 13-avgust.
- ↑ „Acquisition of the Thomson Reuters Intellectual Property and Science Business by Onex and Baring Asia Completed“. Press-reliz.
- ↑ Matthews, Tracy „Web of Science platform: Web of Science: Summary of Coverage“. LibGuides (2016-yil 11-noyabr). 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
- ↑ Jacso, Peter (September 2010). "The impact of Eugene Garfield through the prism of Web of Science". Annals of Library and Information Studies 57: 222. http://nopr.niscair.res.in/bitstream/123456789/10235/4/ALIS%2057%283%29%20222-247.pdf.
- ↑ Garfield, Eugene; Cronin, Blaise; Atkins, Helen Barsky. The Web of Knowledge: A Festschrift in Honor of Eugene Garfield. Medford, NJ: Information Today, 2000.
- ↑ Garfield, Eugene. Citation indexing: Its theory and application in science, technology, and humanities. New York: Wiley, 1979 — 1-bet.
- ↑ „Web of Science Databases“. Clarivate. Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
- ↑ „Web of Science fact book“. Clarivate. 2018-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
- ↑ „Science Citation Index Expanded“. Web of Science Group. Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
- ↑ „Social Sciences Citation Index“. Web of Science Group. Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
- ↑ „Arts & Humanities Citation Index“. Web of Science Group. Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
- ↑ „Emerging Sources Citation Index“. Web of Science Group. Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
- ↑ „Book Citation Index“. Web of Science Group. Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
- ↑ „Conference Proceedings Citation Index“. Web of Science Group. Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „2. Web of Science: The First Citation Index for Data Analytics and Scientometrics“, Research Analytics: Boosting University Productivity and Competitiveness through Scientometrics, 1st (en), New York City: CRC Press, 25 October 2017 — 15–30-bet. DOI:10.1201/9781315155890. ISBN 978-1-315-15589-0.