Vodevil
Qiyofa
Vodevil (frans. Vaudeville) - 1) naqarotli qoʻshiq (kuplet) va musiqa joʻrligida ijro etiladigan yengil hajviy pesa (komediya). Odatda, latifasimon mazmunga asoslanadi, baʼzan raqs bilan ijro etiladi. V. XVIII asrning oxiridan boshlab Fransiya professional teatrining ommabop janri boʻlib qolgan, XIX asrda butun Yevropaga tarqalgan. Keyinchalik V. oʻrnini operetta, varete, myuzikxoll va b. janrlar egallagan; 2) hajviy opera, pesalar oxirida spektakl ishtirokchilarining tomoshabinlarga murojaat qilib aytadigan qoʻshigʻi. Unda shu asarning pand-nasihatomuz xulosasi hajv yoki hazil-mutoyiba shaklida ifodalanadi. Mas., S. Yudakovning "Maysaraning ishi" hajviy operasidagy V.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |