Kontent qismiga oʻtish

Sven Bender

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sven Bender
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sven Bender[1]
Tavallud sanasi 1989-yil 27-aprel (1989-04-27) (37 yosh)
Tavallud joyi Rosenheim, Germaniya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Markaziy himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1993—1999 TSV Brannenburg
1999—2002 SpVgg Unterhaching
2002—2006 1860 Munich
Total 352 (12)

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2016-yil 20-avgust uchun)

Sven Bender (talaffuzi: Sven Bender) (27-aprel 1989-yil Bavariya) — nemis futbolchisi, yarim himoyachi . Sobiq futbolchi va Bayer 04 sardori Lars Benderning egizak ukasi.

Sven Bender " Myunxen 1860 " ning aʼzosi

Sven Bavariyaning Rozenxaym shahrida tugʻilgan. Egizak akasi Lars bilan birga u Brannenburg futbol maktabida oʻqishni boshlagan, u yerdan koʻtarilish uchun Unterhahing klubi maktabiga borgan. 2003-yilda isteʼdodli yigitlar Myunxenning ikkinchi eng muhim klubi " Myunxen 1860 "da koʻzga tashlangan. 2006-yilda Sven Myunxenning ikkinchi jamoasiga oʻtganini eʼlon qilagan va tez orada birinchi jamoa bilan shartnoma imzolagan. Akasi bilan birgalikda ular darhol oʻynashni boshladilar va maydonning oʻrta chizigʻida juda ajoyib oʻyin namoyish etishgan. Hammasi boʻlib Sven 1860 Myunxen safida 65 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.

2009/10-yilgi mavsum oldidan yosh oʻyinchiga Dortmundning „Borussiya“ klubiga qiziqish bildirgan va keyinchalik u bilan shartnoma imzolagan. Bu yerda ularning yoʻllari akalari bilan ajralib ketagan akasi Bayerga borishni tanlagan. Sven Bundesligadagi debyutini 2009-yilning 19-sentyabrida 6-tur doirasidagi safarda " Gannover "ga qarshi o‘tkazgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan. Sven ilk daqiqalardan maydonga tushgan va yaxshi oʻyin oʻtkazgan[2]. Umuman olganda, birinchi mavsumda u „Borussiya“ tarkibida 19 ta oʻyinda maydonga tushgan.

2017-yilning 13-iyulida Dortmundning „Borussiya“ klubi Sven Benderning " Bayer 04 "ga 2021-yilning yozigacha[3] o‘tishi haqida eʼlon qilgan.

Faoliyatining oxiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sven va uning ukasi Lars 2020/2021-yilgi mavsum tugaganidan keyin nafaqaga chiqgan.

Milliy terma jamoa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turli yoshdagi yoshlar jamoalarida oʻynagan. 2008-yilda u 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Yevropa chempioni boʻlgan. Keyinchalik u asosiy terma jamoaga chaqiruv olgan.

2016-yilning 15-iyulida Rio Olimpiadasida ishtirok etish uchun futbol bo‘yicha Germaniya olimpiya terma jamoasiga kiritilgan va kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Uning Lars Bender ismli egizak akasi bor. Ikkalasi ham faoliyatini Bayer Leverkuzenda yakunlagan. 2016-yil 20-noyabrda Sven va uning rafiqasi Simona Maksimilian ismli oʻgʻil farzand koʻrganlar.

Karyera statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Yevropa Boshqa Jami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
1860 Munich II 2006—2007 Regionalliga Süd 152——00152
2007—2008 10——0010
Jami 162000000162
1860 Munich 2006—2007 2. Bundesliga 13000—00130
2007—2008 27130—00301
2008—2009 25010—00260
Jami 651400000691
Borussia Dortmund II 2009—2010 3. Liga 30——0030
2012—2013 10——0010
Jami 4000000040
Borussia Dortmund 2009—2010 Bundesliga 190000000190
2010—2011 311107000391
2011—2012 241304010321
2012—2013 2011011000321
2013—2014 191205010271
2014—2015 200506010320
2015—2016 1905011000350
2016—2017 6010100080
Jami 1584180450302244
Bayer Leverkusen 2017—2018 Bundesliga 29250—00342
2018—2019 270203000320
2019—2020 332519100474
2020—2021 180101000200
Jami 1074131131001336
Karyerada jami 350123515813044613


"Borussiya Dortmund''
  • Germaniya chempioni (2): 2011, 2012
  • Germaniya kubogi sohibi: 2012 yil
  • Germaniya Superkubogi sohibi (2): 2013, 2014
Germaniya terma jamosi
  • 2008-yil 19-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni.
  1. ↑ „S. Bender“. Soccerway. Global Sports Media. 2022-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-oktyabr.
  2. ↑ „Spielstatistik Hannover 96 — Borussia Dortmund 1:1 (0:1)“ (de). fussballdaten.de. 2012-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-iyul.
  3. ↑ „Sven Bender vor Wechsel zu Bayer 04 Leverkusen“ (de). Официальный сайт «Боруссии (Дортмунд)». 2018-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-iyul.