Seneka Lutsiy Anney
Qiyofa
| Seneka Lutsiy Anney | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi | 0 до н. э. |
| Vafoti | 12-aprel 65 |
| Fuqaroligi | Qadimgi Rim |
| Otasi | Seneca the Elder |
| Onasi | Helvia |
Seneka Lutsiy Anney (tax. mil. av. 4, Kordova, Ispaniya — mil. 65, Rim) — Rim faylasufi, yozuvchi, davlat arbobi. Rim imperatori Neronning tarbiyachisi va maslahatchisi; unga suiqasd qilishda ayblangan va oʻzini oʻldirgan. Seneka stoitsizmning yirik vakillaridan biri. U tabiat va inson mohiyati haqida keng bilimga ega boʻlgan, adabiy uslubni juda yaxshi egallagan. Senekaning falsafiy qarashlari ziddiyatli. U falsafani hayotda axloqiydiniy qoʻllanma deb bilgan. „Lutsiliyga xatlar“ falsafiy asari, „Himmat haqida“, „Rahmshafqat haqida“, „Ruhiy xotirjamlik haqida“ va boshqa risolalarida tarkidunyo qilish, oʻlim va taqdirni nazarpisand qilmaslik, ehtiroslardan xoli boʻlish, kishilarning axloqiy tengligi masalalari yoritilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Seneka Lutsiy Anneyga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |