Selen
| Selén / Selenium (Se) | |
|---|---|
| Atom raqami | 34 |
| Koʻrinishi | Yumshoq metallmas |
| Atom xossasi | |
| Atom massasi (molyar massasi) | 78,96 m. a. b. (g/mol) |
| Atom radiusi | 140 pm |
| Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) | 940,4 (9,75) kJ/mol (eV) |
| Elektron konfiguratsiyasi | [Ar] 3d10 4s2 4p4 |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kovalentlik radiusi | 116 pm |
| Ion radiusi | (+6e) 42 (-2e) 191 pm |
| Elektrmanfiylik (poling boʻyicha) | 2,55 |
| Elektrod potensiali | 0 |
| Oksidlanish darajasi | 6, 4, -2 |
| Termodinamik xossalari | |
| Zichlik | 4,79 g/sm³ |
| Solishtirma issiqlik sigʻimi | (Se-Se) 0,321 J/(K·mol) |
| Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 0,52 Vt/(m·K) |
| Erish harorati | 490 K |
| Erish issiqligi | 5,23 kJ/mol |
| Qaynash harorati | 958,1 K |
| Qaynash issiqligi | 59,7 kJ/mol |
| Molyar hajm | 16,5 sm³/mol |
| Kristall panjarasi | |
| Panjara tuzilishi | geksagonal |
| Panjara davri | 4,360 Å |
| Panjara/atom nisbati | n/a |
| Debye harorati | n/a K |
| 34 | Selen |
Se | |
| 3d104s24p4 | |
Selen [yun. Selene — Oy (avvalroq kashf etilgan tellurning analogi sifatida nomlangan), lot. Selenium], Se — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 34, atom massasi 78,96. Tabiatda 6 ta barqaror izotopi mavjud: 74Se(0,87%), 76Se(9,02%), 77Se(7,58%), 78Se(23,52%), 80Se(49,82%), 82Se(9,19%). 16 ta radioaktiv izotoplaridan faqat 75Se(T1/2=121 kun) amaliy ahamiyatga ega. Selenni Ya. Berselius 1817-yilda kashf etgan.
Selen Yer poʻstining massa jihatdan 5·10⁻⁶% ini tashkil qiladi. Muhim minerallari jumlasiga kumush, qoʻrgʻoshin,
simob va mis selenidlari AgSe — naumanit, PbSe — klaustalit, HgSe — timanit, Cu2Se — berselianit, Hg(Se, S) — onofrit va selenit kislotaning misli tuzi CuSeO32H20 — xalkomenit kiradi. Selen jigarrang tusli toʻq kulrang modda. Bir necha modifikatsiyasi bor. Ulardan oddiy sharoitda eng barqarori kristall holdagi kulrang Selen. Suyuqlanish temperaturasi 217°, qaynash temperaturasi 685°, zichligi 4,81 g/sm³.
Selenning eng ajoyib xususiyati shundaki, yorugʻlik nuri taʼsirida uning elektr oʻtkazuvchanligi keskin oʻzgaradi. Selen metallmaslar jumlasiga kiradi; kimyoviy xossalariga koʻra, oltingugurtga oʻxshash, lekin faolligi oltingugurtnikidan past. Selen oʻz birikmalarida, asosan, —2, +2, +4 va +6 valentli.
Selen sulfat kislota va sellyulozaqogʻoz zavodlarining „balchiqlaridan“ va misni elektroliz yoʻli bilan tozalashda elektrolizyor tubiga choʻkadigan „balchiqdan“ olinadi.
Selen yarimoʻtkazgichlar texnikasida, qizil va sariq rangli shisha ishlab chiqarishda, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va rezina sanoatida qoʻllanadi. Birikmalari zaharli. Koʻpchilik tirik organizm toʻqimasida 0,01 dan 1 mg/kg gacha Selen boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar uchun Selen hayotiy zarur element. Inson va hayvonlarning Selenga boʻlgan ehtiyoji 50— 100 mkg/kg. Hayvonlarning kunlik ozuqasida Selenning miqdori 2 mg/kgdan koʻp boʻlsa, kuchli zaharlanish kuzatiladi. Selen birikmalari. Selenning SeO, SeO2 va SeO3 tarkibli oksidlari mavjud. Selen (II) oksid SeO faqat yuqori tralarda bugʻ holatida barqaror. Selen(IV)oksid SeO2 — oq rangli yaltiroq tetragonal panjarali kristall modda. Zichligi 3,954 g/sm³, sublimatsiyalanadi, uni faqat kavsharlangan idishlardagina suyuklantirish mumkin (suyuqlanish temperaturasi 340—390°). Selen (VI) oksid SeO3 ning suyuqlanish temperaturasi 118,5°. Atmosfera bosimida 185°da parchalanadi. Selenat kislota H2SeO4 ni degidratlash yoʻli bilan olinadi. Suvda erib, N2SeO4 hosil qiladi. Kimyoviy jihatdan juda faol, kuchli oksidlovchi: oltingugurtni SO gacha; qizil fosforni R2O5 gacha oksidlaydi.
Selen galogenlar bilan reaksiyaga kirishib SeF6, SeF4, SeCl4, SeBr4, Se2Cl2 va boshqa birikmalar hosil qiladi.
Selen geksaftorid SeF6 — xona temperaturasida rangsiz gaz, suyuqlanish temperaturasi —34,6°; —46,6° da sublimatsiyalanadi. Selen tetraftorid SeF4 — rangsiz suyuqlik, suyuqlanish temperaturasi 13,2°, qaynash temperaturasi 93°. Selen tetraxlorid SeO4 — rangsiz kristall modda, suyuqlanish temperaturasi 305° (bosim ostida), 196° da sublimatsiyalanadi. Selen tetrabromid SeBr4 — beqaror sariq rangli modda, kuchsiz qizdirilganda toʻq qizil rangli Se2Br2 ga aylanadi. Quyi xlorid Se2Cl2 — jigarrang-qizil suyuqlik (suyuqlanish temperaturasi —85°, qaynash temperaturasi 127130°).
Selen digalogenidlar SeCl2 va SeBr2 faqat bugʻ holatda mavjud. Selenning SeF2, SeOCl2 va SeOBr2 tarkibli oksigalogenidlari olingan. Selen ftoroksid SeOF2 — xona temperaturasida suyuklik, suyuqlanish temperaturasi 4,6°, Qaynash temperaturasi 124°. Selen xloroksid SeOCl2 — sariq rangli ogʻir suyuklik, suyuqlanish temperaturasi 11°, qaynash temperaturasi 179°, zichligi 2,44 g/sm³. Selen bromoksid SeOBr2 — sariq-qizil rangli qattiq modda, suyuqlanish temperaturasi 41,6°, keyingi qizdirilganda parchalanadi.
Selenning uglerod bilan CSe, azot bilan (SeN)4 fosfor bilan P4Se3, P2Se3, P2Se5 kabi birikmalari olingan. Selen vodorod bilan bevosita birikib suvda eruvchan, qoʻlansa hidli, zaharli gaz — vodorod selenid H2Se hosil qiladi. Bu kislotaning tuzlari selenidlar texnikada muhim ahamiyatga ega. Rux va kadmiy selenidlari yorqin qizil rangli shisha va shishasimon materiallar, fotoelementlar, fotokarshiliklar, televizor trubkalarining yorugʻlikka sezgir qatlamlarini tayyorlashda, galliy selenid lazer texnikasida, simob selenid magnit maydoni kuchlanishini oʻlchaydigan asboblarda qoʻllanadi. Oraliq metallar (shuningdek, lantanoid va aktinoidlar)ning selenidlari yuqori temperaturaga chidamli yarimoʻtkazgich qurilmalarda, mashina ishqalanish qismlarida qattiq surkama sifatida ishlatiladi.
Rustam Maʼrupov.[1]
Selen — unsurlar davriy jadvalining 34 unsuri, metallmas.
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | ||||||||||||||||||||||||||||
| 1 | H | He | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 2 | Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 3 | Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 4 | K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | |||||||||||||||||||||||||||
| 5 | Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | |||||||||||||||||||||||||||
| 6 | Cs | Ba | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | |||||||||||||
| 7 | Fr | Ra | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Cn | Nh | Fl | Mc | Lv | Ts | Og | |||||||||||||
| 8 | Uue | Ubn | Ubu | Ubb | Ubt | Ubq | Ubp | Ubh | Ubs | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Kimyoga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |