Kontent qismiga oʻtish

Massiel

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Massiel
Massiel 2018-yil
Massiel 2018-yil
Umumiy maʼlumot
Tavalludi María de los Ángeles Felisa Santamaría Espinosa
1947-yil 2-avgust (1947-08-02) (79 yosh)
Madrid, Ispaniya
Janrlar
Kasbi
  • Xonanda
Faoliyat yillari
  • 1966–1996
  • 2006–2007
Fuqaroligi Ispaniya
Turmush oʻrtogʻi Pablo Lizcano

María de los Ángeles Felisa Santamaría Espinosa (1947-yil 2-avgustda tugʻilgan), professional sifatida Massiel (ispancha: maˈsjel) nomi bilan tanilgan, ispaniyalik pop va protest qoʻshiqchisi. U 1968-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida "La, la, la" qoʻshigʻi bilan gʻolib chiqdi va Ispaniyadan tanlovda gʻolib chiqqan birinchi ijrochi boʻldi.

Messiel oʻzining birinchi audioyozuvlarini 1966-yilda chiqargan boʻlishiga qaramay, 1996-yili musiqa karyerasidan voz kechishga qaror qildi, ammo bir yil oʻtgach, yana bir albomini chiqardi. Shuningdek, 2007-yilda yana boshqa bir albomi bilan birga 1970-yillardagi albomlarning ikkita yangi nashri chiqdi.

Massiel Ispaniyaning Madrid shahrida tugʻilgan. Uning asturiyalik otasi Emilio Santamariya Martin badiiy menejer boʻlgan, shuning uchun u bolaligidan qoʻshiqchilar va musiqiy guruhlar atrofida boʻlgan va yoshligida qoʻshiqchi, aktrisa va qoʻshiqnavis boʻlishga qaror qilgan. Uning onasi Konsepsion Espinosa Peñas(1920-2011) ham asturiyalik boʻlgan[1].

Uning birinchi yozuvlari „Di que no“, „No sé porqué“, „Llueve“, „No comprendo“, „Y sais que vi“, „Rufo el pescador“, „Aleluya“ va „El era mi amigo“ boʻlib, 1966-yilda chiqarilgan. 1967-yili doʻsti Luis Eduardo Aute tomonidan yozilgan „Rosas en el mar“ qoʻshigʻi uni Ispaniya va Lotin Amerikasida qoʻshiqchi sifatida tanitdi. Shundan soʻng, Massiel 1967-yilda „Vestida de familiya“ filmida rol ijro etishga taklif qilinadi[2].

  1. F. Serrán, Susana.. „La dama de Begoña“ (es) (2013-yil 11-avgust).
  2. „Massiel“. Members.tripod.com. Qaraldi: 2014-yil 6-iyun.