Lill
Qiyofa
Lill [1] — Fransiyaning shimoliy qismidagi shahar. Nor [2] departamentining maʼmuriy markazi. Dyol daryosi sohilida joylashgan. Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni, daryo porti. Aholisi 191 ming kishi (1999). Shimoliy sanoat rayonining markazi. Toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Og'ir mashinasozlik, kimyo (mineral oʻgitlar, boʻyoq, kislotalar, sunʼiy tola ishlab chiqarish), oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1530), musiqa akademiyasi, metropoliten bor. XV—XVII asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Shaharga XI asrda asos solingan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ fransuzcha: Lille, niderlandcha: Rijsel
- ↑ fransuzcha: Nord
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda „Lill“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Fransiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |