Geografik axborot tizimi
„Geoaxborot tizimi — bu asosiy vazifalari tabiat va jamiyat hodisalarining geofazoviy maʼlumotlarini maxsus vositalar yordamida toʻplash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻlgan mutaxassis va tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan dasturiy tizimdir“
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Geografik axborot tizimi — asosiy vazifalari fazoviy-geografik maʼlumotlarni toʻplash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻlgan mutaxassis tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan kompyuter tizimidir.
Sodda qilib aytganda, geografik axborot tizimi (GAT) oʻz ichiga xaritashunoslik, statistik tahlil hamda maʼlumotlar bazasini mujassamlashtiradi. GAT keng tarmoqli soha boʻlib, xaritashunoshlik, masofadan zondlash, yer tuzish, tabiiy resurslarni boshqarish, fotogrammetriya, geografiya, shaharsozlik, samoviy video hamda mahalliy qidiruv tizimlarida keng foydalanib kelinmoqda. Bu maʼlumotlarni boshqarish, kartagrafik tasvirlar va tahlil qilish uchun yaratilgan ichki pozitsiyalangan fazoviy axborot tizimidir. GAT bu inson faolligi va dasturiy apparatning geografik maʼlumotni saqlash, boshqarish va tasvirlashga moʻljallangan kompyuter tizimidir. GAT ilk bora XX asrning 60- yillarida AQSH va KANADAda harbiy maqsadlarda foydalanishi natijasida vujudga kelgan. Keyinchalik bu tizim yordamida kadastr malumotlari sifatida keng foydalanilib kelmoqda.
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
„Geoaxborot tizimi — bu asosiy vazifalari tabiat va jamiyat hodisalarining geofazoviy maʼlumotlarini maxsus vositalar yordamida toʻplash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻlgan mutaxassis va tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan dasturiy tizimdir“. Geoaxborot tizimiga yana turlicha taʼriflar keltirish, u haqidagi muhokamalarni davom ettirish mumkin, biroq barcha taʼriflarning zamirida yuqorida keltirilgan asosiy maʼno yotadi. Shuning uchun keltirilgan taʼrifni bosh taʼrif deb qabul qilish mumkin. Yuqorida berilgan taʼrifdagi fazoviy-geografik maʼlumotlar turkumi deganda barcha yer toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, jumladan koordinatalarni, yer uchastkalari chegaralarini, ular joylashgan joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, joyning huquqiy va iqtisodiy maʼlumotlarini hamda koʻplab muhim boʻlgan fazoviy maʼlumotlarni tushunish lozim. Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 7 Quyidagi rasmda geoaxborot tizimining umumiy koʻrinishi keltirilgan boʻlib, ushbu tizim turli adabiyotlarda yanada batafsilroq yoki soddalashgan holda berilgan boʻlishi mumkin.