Chek

Chek (forstoj — pul xujjati) — 1) bankdagi hisobvaraq egasi (Chek beruvchi)ning muayyan summadagi pulni biror shaxe (Chekni taqdim qiluvchi)ga toʻlash toʻgʻrisida bankka yoki kredit muassasasiga yoʻllagan yozma buyrugʻi, farmoyishi; pul hujjati, qimmatli qogoz turi. Chek yoziladigan qogʻoz (Chek qogʻozi) belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan blanka (ish qogozi) tarzida maxsus daftarcha holida chiqariladi. Chek beruvchi oʻz hisobvaragʻidan oʻzi uchun pul olishda ham Chekdan foydalanadi. Cheklar nomi koʻrsatilgan (aniq bir shaxs nomiga yozilgan), order l i (biron bir shaxs foydasiga yozilgan) yoki taqdim etiladigan (takdim etuvchiga yozilgan) turlarga boʻlinadi. Banklar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarda bank Cheklari, sayohat va xizmat safarlarida har qanday bankda tezda naqd pulga almashtirish mumkin boʻlgan yoʻl Cheklari ishlatiladi. Yoʻl Cheklari naqd pul va kredit kartochkalari kabi toʻlaqonli toʻlov vositasi boʻlib, unda taqdim etuvchining nomi koʻrsatiladi, Chek beruvchining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanadi va pul olishda shaxsini isbotlaydigan hujjat koʻrsatilishini talab etadi; 2) chakana savdoda kassaning xaridordan pulni qabul qilib olgani toʻgʻrisidagi pattasi. Toʻlov oʻtkazilgan va xaridni olish mumkinligini tasdiqdaydi va toʻlov oʻtkazilgan doʻkon (magazin) doirasida amal qiladi.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |