Akkad tili
Qiyofa
| Akkad tili | |
|---|---|
| Milliy nomi | akkadû |
| Mamlakatlar | Mesopotamiya |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 0 |
| Turkumlanishi | |
| Til oilasi | Som-hom tillari |
| Alifbosi | mixxat |
| Til kodlari | |
| ISO 639-2 | akk |
| ISO 639-3 | akk |
Akkad tili (qadimgi shahar Akkad nomidan) — mashhur som tillarining eng qadimgisi. Ikki dialektga — bobil va ossuriy dialektlariga ega, shu bois koʻpincha u bobil-ossuriy (yoki ossuriy-bobil) tili deb ham ataladi. Akkad tilining ham (boshqa som tillari kabi) oʻziga xos xususiyati undagi soʻzlar oʻzagi undoshlardan (koʻpincha uch undoshdan) tashkil topishidir. Unlilar hamda oʻzakka tegishli boʻlmagan baʼzi undoshlar grammatik munosabatni yuzaga keltiradi va oʻzak umumiy maʼnosini muayyanlashtiradi. Akkad tili yozuvi shumer sillabo-ideografik mixxatiga asoslangan boʻlib, belgilar koʻp tovushli xususiyatga ega. Ular soni 500 dan oshib ketadi. Akkad tili mixxat yozuvini 1857-yilga kelib toʻliq oʻqishga muvaffaq boʻlingan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Jahon tillaridan biri haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |