Gopher.uz - Golang O’zbekiston Jamoasi
Gopher.uzga xush kelibsiz — Go dasturlash tilining O’zbekistondagi rasmiy hujjatlari!
O’rganish yo’li
Noldan boshlab, amaliyotchi Go dasturchisiga aylanguningizcha — bosqichma-bosqich. Har bir bo’lim quruq nazariya emas, ishlaydigan misollar ustida tushuntirilgan.
- Asoslar - o’rnatish, o’zgaruvchilar, tsikllar, funksiyalar, slice va map
- Tuzilmalar va Interfeyslar - struct, metod, interface, embedding
- Xatoliklar -
error, wrapping,panic/recover - Concurrency - goroutine, channel,
select,context, worker pool - Generics - type parametrlar va constraintlar
- Testlash - unit test, table-driven, benchmark, fuzzing
- Modullar va Paketlar -
go mod, paketlar, loyiha tuzilishi, asboblar - Standart Kutubxona -
fmt,net/http,encoding/json,timeva boshqalar - Ma’lumotlar Bazasi - PostgreSQL bilan real misollar
- Algoritmlar va Ma’lumotlar Tuzilmalari - DSA Go’da amalda: struktura’lar, saralash, qidiruv, graf’lar
- Dizayn Patternlar - Go uslubidagi pattern’lar va misollar
- Manbalar va Kitoblar - muhandislar uchun eng yaxshi kitoblar, resurslar va roadmap’lar
Biz haqimizda
Gopher.uz — Go dasturchilar, ishqibozlar va endi o’rganayotganlar uchun o’zbek tilidagi hujjatlar va resurslar to’plangan sayt. Biz Go’ni O’zbekistonda ommalashtirish, bilim almashish, ochiq kodli loyihalar va hamkorlik ustida ishlaymiz.
Biz nima qilamiz
- Bilim almashamiz: o’zbek tilida qo’llanmalar, maqolalar va resurslar
- Ochiq kodli loyihalar: Go ekotizimiga hissa qo’shamiz va birga ishlaymiz
- Go hujjatlarini tarjima qilamiz: rasmiy Go hujjatlarini o’zbek tiliga o’giramiz
Nega Go?
Go (Golang) — Google ishlab chiqqan kuchli, tez va o’rganishga qulay til. U ayniqsa quyidagilar uchun mos:
- Kengaytiriladigan veb-xizmatlar va API lar yaratish
- Cloud-native ilovalar va mikroservislar
- DevOps vositalari va tizim yordamchilari
- Yuqori unumdor backend tizimlari
- Parallel va concurrent dasturlash
Jamoa bilan bog’laning
Aloqa kanallari
- Telegram: t.me/goferuz - kundalik muhokamalar va tez yordam uchun
- GitHub: github.com/gofer-uz - jamoa loyihalariga hissa qo’shing
- Hissa Qo’shuvchi: haywan.uz - kontributor platformasi
Jamoa qoidalari
Biz ochiq va do’stona muhitni saqlab qolishga harakat qilamiz:
- Hurmatli bo’ling: har bir a’zoga hurmat bilan munosabatda bo’ling
- Bilim ulashing: boshqalarga o’rganishda va o’sishda yordam bering
- Mavzuda qoling: suhbatni Go va dasturchilik atrofida saqlang
- Spam yo’q: ruxsatsiz reklamadan saqlaning
- Erkin gapiring: o’zbek, rus yoki ingliz — qaysi til qulay bo’lsa, o’shanda
Resurslar
O’rganish materiallari
- Rasmiy Go Hujjatlari
- Go by Example
- A Tour of Go
- Effective Go - Eng yaxshi amaliyotlar va idiomalar
Hissa qo’shish
Har qanday hissangizdan xursand bo’lamiz! Mana nima qilishingiz mumkin:
- Qo’llanma yoki blog post yozish
- Ochiq kodli loyiha yaratish
- Endi boshlaganlarga Go o’rganishda yordam berish
- Hujjatlarni tarjima qilish
Hissangiz biz uchun muhim! Boshlash uchun hissa qo’shish qoidalarimiz bilan tanishib chiqing.
Homiylik
Ushbu loyiha FLOSS.uz tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.
- GitHub: github.com/floss-uz
Mualliflar
Bu hujjatlar ochiq kodli va jamoa tomonidan yozilgan. Xatoni tuzatish, misol qo’shish yoki yangi bo’lim yozish — har qanday hissa xush kelibsiz.
❤️ bilan O’zbekiston Go Jamoasi tomonidan yaratilgan

